Eronda hijob taqish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini takomillashtirishmoqchi

Dunyo

Eron hukumati hijob kiymaydigan ayollar uchun jazoni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini takomillashtirishni xohladi.

Eron hukumati hijob kiymaydigan ayollar uchun jazoni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini takomillashtirishni xohladi. Bu haqda mamlakat parlamenti deputati Alireza Salimiy EFE agentligiga maʼlum qildi.

Oʻzgartirish kiritilgandan soʻng, qonun chiqaruvchi organ respublika prezidenti va Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbari Masʼud Pizishkiyon tomonidan rad etilgan hujjatni yana koʻrib chiqadi.

Uning taxminicha, yangi qoidalar jamiyatda nizolarni keltirib chiqaradi.

Qonun loyihasining joriy versiyasida roʻmoli boʻlmagan eronlik ayollarni jarimaga tortish yoki hatto qamoqqa olish mumkinligi nazarda tutilgan.

Bundan oldin Eronlik qoʻshiqchi Parasta Ahmadiyning yarim soatlik onlayn konserti va hijobsiz qoʻshiq ijro etgani uchun unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid materiallar