"Qashqirlar makoni" serialidagi Polat Alemdar aslida kim?

Layfstayl

Mashhur turk seriali bosh qahramoni Nejati Shashmaz: aktyor, ssenarist, kinoprodyuser va biznesmen.

Foto: Qashqirlar makoni Pusu

"Qashqirlar makoni" seriali 2003 yil Tukiyaning Show TV telekanalida efirga uzatila boshlangan. Siyosiy turdagi ushbu turk seriali bosh qahramoni Polat Alemdar rolini ijo etgan aktyor Nejati Shashmaz 1971-yil 15-dekabr sanasida Turkiyaning Eloziq shahrida tug‘ilgan.

Foto: ch.pinterest.com

O‘rta ta‘limni turizm yo‘nalishida tamomlagandan so‘ng universitetga kira olmagan Nejati Shashmaz avvaliga Kanada, keyin AQSH ga yo‘l olgan. Amerikada 6 yil ishlaganidan so‘ng harbiy xizmatni o‘tash uchun Kutohyo (turkcha: Kütahya) ga jo‘nab ketadi. Ota-onasi sababli Turkiyada qoladi va Anqara shahrida o‘zining sug‘urta agentligini ochadi.

Keyinchalik u Osman Exam da suhbatdan o‘tadi va o‘sha mashhur "Qashqirlar makoni" serialida bosh qahramon roliga taklif qilinadi.

Aktyor ushbu serial uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborgani va ko‘chada ko‘rganlar uni o‘z ismi o‘rniga Polat Alemdar deb chaqirishlarini aytadi.

2009-yilda u o‘zining "Yazete" nomli yangiliklar saytini ochadi.

Shu qatorda u ko‘plab film va seriallarda suratga tushadi. Bularga "Qashqirlar makoni: Iroq", "Qashqirlar makoni: Pistirma", "Qashqirlar makoni: Falastin" va "Qashqirlar makoni: Vatan" kabi filmlarni misol qilib keltirish mumkin.

2014-yilning 2-noyabr kuni aktyor suratga olish jarayonida avtohalokatga uchraydi va boshidan olgan qattiq zarba tufayli operatsiya qilingan.

Bugungi kunda Shashmaz qurilish va turizm sohalarida faol ishtirok etmoqda. Turli sohalarga sarmoya kiritgan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.