Birinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue sobiq jahon chempioni va WBA versiyasi boʻyicha majburiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyev chaqirigʻiga izoh berdi. Yaponiyalik bokschi oʻzbekistonlik sportchi bilan jang qilishga tayyorligini tasdiqladi, biroq hozirda 24-yanvar kuni boʻlib oʻtadigan Sem Gudmanga qarshi jangda oʻz unvonlarini himoya qilishga eʼtibor qaratmoqda.
Ahmadaliyev bayonotiga javoban Inoue ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilib, boʻlajak jangdan qochib qutula olmasligini taʼkidladi.
U Ahmadaliyev oʻtgan yili Marlon Tapalesga magʻlub boʻlganini eslatib, “Tapalesga yutqazgan odam bilan uchrashuvdan qochishning maʼnosi yoʻq”, deb taʼkidladi.
Taʼkidlash joizki, Inouening oʻzi 2023-yil dekabr oyida birinchi yarim yengil vazn toifasida barcha unvonlarni birlashtirib, Tapalesni magʻlub etgan edi.
Inoue, shuningdek, Ahmadaliyevni oʻz karerasini davom ettirishga va oʻz navbatini kutishga chaqirdi: “Agar jang qilmoqchi boʻlsang, gʻalaba qozonishda davom et va kut. Hozir butun diqqat-eʼtiborim Gudman bilan uchrashuvga qaratilgan.”
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda Inoue va Ahmadaliyev oʻrtasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang rejalashtirilgan edi, ammo oʻzbekistonlik bokschi Tapalesning magʻlubiyati bu rejalarni barbod qildi. WBA va IBF unvonlarini yoʻqotganiga qaramay, Ahmadaliyev yaqinda vaqtinchalik WBA chempioni kamarini qoʻlga kiritdi va yana Inoue bilan ringda uchrashish istagini bildirdi.