Turkiya Rossiyani Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga chaqirdi

Dunyo

Turkiya, o‘z navbatida, Rossiyani Asadni uzoq muddatli istiqbolda qo‘llab-quvvatlash befoyda ekaniga ishontirishga urindi. Turkiya vakillari, shuningdek, qo‘zg‘olonchilarning pozisiyalariga zarbalar Suriyaning kelajakdagi rahbariyatini Moskvaga qarshi qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi.

Turkiya Rossiyani Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga ko‘ndirdi va bu qo‘llab-quvvatlashning uzoq muddatli istiqbolda foydasizligini isbotlashga urindi. Bu haqda The Washington Post (WP) nashriga Gʻarb xavfsizlik xizmatidagi manba ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya qo‘zg‘olonchilari hujumining dastlabki kunlarida Moskva XTSH guruhining rejalarini bilish uchun Anqara bilan aloqa o‘rnatgan. Shu bilan birga, Turkiya, o‘z navbatida, Rossiyani qo‘zg‘olonchilarning pozisiyalariga zarba berishdan qaytardi, chunki bu Suriyaning yangi hukumatini Moskvaga qarshi qo‘yishi mumkin edi.

Maqola mualliflari, shuningdek, Turkiya TIV rahbari Hakan Fidanning NTV telekanaliga bergan intervyusini ham eslatishdi. Unda u Rossiyani mintaqadagi sharoitlar o‘zgargani sababli Asadga yordam berishdan voz kechishga chaqirdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.