O‘zbekistonda elektron sigaretalarni olib kirish va sotishni taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekiston

O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamaki isitish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. O‘zLiDeP aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish darajasi ortib borayotganini ta’kidladi.

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tamaki mahsulotlarining ayrim turlari, tamaki va nikotin iste’mol qilish qurilmalari, shu jumladan elektron sigaretalar muomalasini taqiqlash, shuningdek, ularni ishlab chiqarish va saqlash uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda tamaki va nikotin mahsulotlarining zamonaviy va "innovatsion" turlari, jumladan, nikotin yetkazib berish qurilmalari, elektron sigaretalar, ular uchun suyuqliklar, shuningdek, isitiladigan tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirish va muomalaga kiritish holatlari ko‘payib bormoqda. Fraksiya a’zolari aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish darajasi ortib borayotganini ta’kidladi.

Qonun loyihasi tamaki mahsulotlarining muayyan turlarini, tamaki va nikotin iste’mol qilish qurilmalarini, shu jumladan elektron sigaretalarni respublika hududida realizatsiya qilish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki sotishni taqiqlashni nazarda tutadi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish yoki olib chiqish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etish taklif etilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.