Oliy sud ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini o‘z ichiga olgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini e’lon qildi.
Tegishli ro‘yxatda YouTube va Telegramdagi taqiqlangan kanallar, Instagram, Facebook, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi profillar mavjud.
Ro‘yxatda 1389 ta audio, video va matn formatidagi materiallar mavjud: Facebook - 203 sahifa (150 ga yaqin), Telegram — 713 (deyarli 400), Instagram — 226 (100 dan ortiq), YouTube — 135 ta kanal, Одноклассники — 35, TikTok — 44, saytlar — 13, boshqa manbalar — 20.
Ro‘yxatning avvalgi versiyasi o‘tgan yilning yanvarida e’lon qilingan bo‘lib, 800 dan ortiq sahifa va materiallarni o‘z ichiga olgan (2023-yil may oyida 500 ga yaqin materiallar mavjud edi).
Eslatib o‘tamiz, ekstremistik materiallarni tarqatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha — mos ravishda 102 mln va 136 mln so‘m miqdorida jarima nazarda tutilgan. Yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.