Samarqandda metro quriladi

O‘zbekiston

Samarqandda zamonaviy “Shirin” ishbilarmonlik markazini tashkil etish loyihasi doirasida 6 kilometr yerusti metrosi quriladi. Bundan tashqari, hududda yangi infratuzilma: turar-joy va biznes majmualari, yoʻllar, koʻpriklar va irrigatsiya tarmoqlari paydo boʻladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Samarqand shahri, shuningdek, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini maʼqulladi, deb xabar qildi parlament quyi palatasi.

Majlisda taʼkidlanganidek, prezidentning 2023-2030-yillarga moʻljallangan qarori doirasida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joy majmuasini qurish direksiyasini tashkil etish rejalashtirilgan. Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan Samarqand tumanidan 170 gektar, Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahriga berilishi belgilandi.

Chegaralar oʻzgarishi bilan 254 ta koʻp qavatli uy, 19 ta biznes-markaz, 50 ta ijtimoiy obyekt, 89 ta savdo-koʻngilochar majmua va tarixiy shaharchani oʻz ichiga olgan zamonaviy “Shirin” ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlanadi.

Shuningdek, viloyatda 112 km ichki yoʻllar, velosiped va piyodalar yoʻlaklari, 6 km yerusti metrosi, ikkita yirik koʻprik, 7,2 km kommunikatsiya tonnellari, 180 km irrigatsiya quvurlari va 14 km kanallar hamda irrigatsiya inshootlari quriladi.

Hukumat hudud chegaralarini oʻzgartirish va qaror loyihasida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.