Qozog‘istonda norezidentlarning to‘lov kartalari uchun qoidalar kuchaytirildi

Dunyo

QRMTRA norezidentlar uchun kartalarning amal qilish muddatini bir yilgacha chekladi, tadbirkorlar, diplomatlar va investorlar bundan mustasno. Shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfini kamaytirish maqsadida bir kishiga to‘g‘ri keladigan bir bank kartalarining ruxsat etilgan soni 10 tadan 5 tagacha kamaytirildi.

Foto: toffana.ru

Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi Qozog‘iston norezidentlari uchun to‘lov kartochkalarining amal qilish muddati va soniga cheklovlar kiritdi.

Bu o‘zgartirishlar 2024-yil 31-dekabrda qabul qilingan va e’lon qilingan 96-sonli qarorda mustahkamlangan.

Hujjatga ko‘ra, norezidentlar uchun to‘lov kartochkalarining amal qilish muddati endi 12 oy bilan cheklangan. Tadbirkorlar, diplomatik xodimlar va investorlar uchun chiqarilgan kartalar bundan mustasno.

Bundan tashqari, bir mijoz uchun bir bank kartochkalarining ruxsat etilgan soni 10 tadan 5 tagacha kamaytirildi. Agar mijozda beshdan ortiq karta bo‘lsa, bu pul yuvish yoki terrorizmni moliyalashtirish uchun potentsial xavf sifatida qaraladi. Biroq qoida bolalar uchun qo‘shimcha kartalar va bank kreditlari bilan bog‘liq kredit kartochkalariga tatbiq etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekistonda Markaziy bank jismoniy shaxslar uchun bank kartalari sonini 20 tagacha cheklagan, ulardan 5 tadan ko‘pini bitta bankda rasmiylashtirish mumkin emas. Yangi qoidalar onlayn-banking sohasidagi firibgarlik va suiiste’molliklarga qarshi kurashishga qaratilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.