Moliyaviy hisobotga koʻra, 2024-yil yakunlariga koʻra, “Ipoteka bank” 240,2 mlrd soʻmlik sof zararni qayd etgan boʻlsa, bir yil avval bank 818,9 mlrd soʻmlik foyda bilan yakunlangan.
Yil davomida bankning kredit portfeli 5,6 foizga qisqarib, 35,1 trln soʻmni tashkil etdi. Shu bilan birga muammoli kreditlar ulushi 2 barobarga oshib, jami kreditlarning 10,2 foizini tashkil etdi.
Bank aktivlari esa aksincha 9,3 foizga oʻsib, dekabr oyi oxirida 52,1 trln soʻmga baholangan. 2024-yilda foizli daromadlar uchdan bir qismga oshib, 10,6 trln soʻmni tashkil etdi.