Oʻzbekiston prezidenti “Lukoyl” rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vagit Alekperovni qabul qildi, tomonlar Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasi loyihalarini Oʻzbekiston energetika sektorida amalga oshirishga kelishib oldi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi.

Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining Oʻzbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan.

Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.