Nukusda xususiy bogʻcha tarbiyachisi bolalarni tepib, shippak bilan urdi

O‘zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyachi va uning yordamchisi bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlib, jismoniy kuch ishlatgani aks etgan video tarqaldi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruvni boshladi.

5-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida joylashgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachining bolalarga qoʻpol munosabatda boʻlgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.

Prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, videoyozuvlar oʻtgan yilning noyabr oyida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv davomida muassasa xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.