Oʻzbekistonda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston

Oliy Majlis Senati “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqulladi. Konsepsiyada belgilangan asosiy vazifalar ijrosini nazorat qilish uchun parlamentda maxsus komissiya tuziladi.

Oliy Majlis Senati “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqulladi. Hujjat prezidentga imzolash uchun yuborilgan, shundan soʻng kuchga kiradi.

Konsepsiyada belgilangan asosiy vazifalar ijrosini nazorat qilish uchun parlamentda maxsus komissiya tuziladi.

Eslatib oʻtamiz, Qonunchilik palatasi hujjatni 11-fevral kuni maʼqullagandi. Konsepsiyani qabul qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi bir guruh deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilgan. Muhokamalar natijasida parlamentga fuqarolardan 400 dan ortiq sharh va tavsiyalar kelib tushdi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.