Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bahodir Iso vafot etdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 11:00 da Rishton tumani Do‘tir qishlog‘ida janoza namozi o‘qiladi.
Bahodir Iso 1956-yilda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi Do‘tir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977-yilda Farg‘ona pedagogika institutini tamomlagan. Lekin uning faoliyati asosan adabiyot va san’at bilan bog‘liq bo‘lgan.
Uning she’r va dostonlari turli matbuot nashrlari va jamoa to‘plamlarida chop etilgan. Uning 1988-yilda nashr etilgan "Xayrli tun" she’riy to‘plami O‘zbekistonda keng shuhrat qozondi.