O‘zbekistondan sovuq havo chekinib, iliq ob-havo boshlanadi

O‘zbekiston

Tog‘larda oz miqdorda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tunlari ham sovuq bo‘ladi.

11-mart kuni O‘zbekistonda faqat tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda, sovuqlar ketib, iliq va quyoshli ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda O‘zgidromet prognoz e’lon qildi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab harorat 15-20 daraja iliq atrofida saqlanadi. Toshkentda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Tunda harorat 4-6 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi, tuman tushishi ehtimoli bor. Qor ko‘chkisi xavfi mavjud. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Tunda harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqgacha, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.