“Navoiyazot” sexida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi — video

O‘zbekiston

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi jarohat oldi.

11-mart kuni Navoiyda “Navoiyazot” korxonasining sexida gaz portlashi va yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.

Soat 14:10 da 25-sex laboratoriyasida gaz-havo aralashmasi alangalanishi haqida xabar keldi. Portlash natijasida yong‘in kelib chiqdi.

Hodisa joyiga 10 ta o‘t o‘chirish-qutqaruv guruhi yetib keldi. Yong‘in soat 14:20 da lokalizatsiya qilindi va soat 14:50 ga kelib to‘liq bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi tan jarohati oldi. Fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mutaxassislar sodir bo‘lgan voqeani tekshirmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.