18 mart kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Prognozni O‘zgidromet taqdim etdi.
Harorat kechasi +5...+14 daraja, kunduzi +20...+29 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 8-10, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.