Poytaxtdagi ikkita maktab oʻquvchilari gepatit bilan kasallandi

O‘zbekiston

Toshkent shahridagi 65 va 214-maktablarda oʻquvchilar orasida “A” gepatit holatlari aniqlangandan soʻng, sanitariya tekshiruvlari oʻtkazildi. Mutaxassislar gigiyena, tozalash qoidalariga rioya qilinishini baholadi.

Газета.uz

Toshkentdagi ikkita maktabda oʻquvchilar orasida gepatit “A” bilan kasallanish holatlari aniqlangandan soʻng, sanitariya tekshiruvi oʻtkazildi, deb xabar qildi poytaxt sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qoʻmitasi.

Mutaxassislar tomonidan Mirobod tumanidagi 65 va 214-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida gigiyena, tozalash qoidalariga rioya etilishi va santexnika holati baholandi.

Bundan tashqari, taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar xulosalari oʻrganildi.

Tekshiruv natijalariga koʻra, muassasalarning sanitariya holati talabga javob bermasligi aniqlandi. Maktab rahbarlariga maʼmuriy bayonnomalar yozib, qoidabuzarliklarni bartaraf etishni talab qilishdi.

Mavzuga oid materiallar