Noyabr oyida Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) nomaʼlum kasallik tufayli 140 dan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi mahalliy hokimiyatlarga asoslanib xabar bermoqda.
“Noyabr oyida Demokratik Respublikaning janubi-gʻarbiy viloyatida nomaʼlum kasallik 143 kishining yostigʻini quritdi”, — deyiladi xabarda.
Kvango viloyati vitse-gubernatori Remi Saki va mahalliy sogʻliqni saqlash boshligʻi Apolliner Yumba barcha bemorlarda oʻxshash alomatlar, jumladan, yuqori harorat va kuchli bosh ogʻrigʻi kuzatilganini maʼlum qilishdi.
Zararlangan hududga namunalar olish uchun tibbiyot xodimlari joʻnatildi. Aniqlanishicha, kasallik koʻpincha dori-darmonlarni topish mushkul boʻlgan qishloq joylarida tarqalgan.
Xabar qilinishicha, kasallikka chalinganlar dori-darmon yetishmasligi tufayli jon bermoqda, kasallanganlar soni esa ortib bormoqda.
JSSSTning taʼkidlashicha, BMT vaziyatdan tashvishda va Kongo hukumati bilan hamkorlikda nomaʼlum kasallikni oʻrganish ustida ishlamoqda.