Janubiy Koreyaning 6 ta muxolifat partiyasi, jumladan, ularning asosiy qismi Birlashgan demokratik partiya prezident Yun Sok Yol impichmenti loyihasini parlamentga taqdim etdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi. Avvalroq Janubiy Koreya rahbari mamlakatda avval harbiy holat joriy etgan, keyin esa uni bekor qilgandi.
Iltimosnoma parlamentga 4-dekabr kuni kunduzi kiritilgan boʻlib, endi loyiha majlisda koʻrib chiqilgandan keyin 24-72 soat ichida ovoz berish oʻtkazilishi kerak.
Hujjatni oltita muxolifat partiyasidan 191 deputat imzolagan boʻlsa, hukmron “Xalq kuchi” partiyasi (300 mandatdan 108 tasi) loyihani imzolashda ishtirok etmagan.
“Ryonhap”ning yozishicha, muxolifatdagi partiyalar 5-dekabr kuni parlament yalpi majlisida taklifni taqdim etishni, keyin esa 6 yoki 7-dekabrda ovoz berishni rejalashtirmoqda. Janubiy Koreya prezidenti impichmenti uchun parlament aʼzolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak.
Agar tashabbus zarur miqdordagi ovozlarni olsa, iltimosnoma Konstitutsiyaviy sudga topshiriladi. U yerda prezidentni isteʼfoga chiqarish uchun toʻqqiz nafar sudyadan oltitasi ovoz berishi kerak.
Ish koʻrib chiqilayotgan paytda davlat rahbari lavozimidan chetlatiladi, uning vazifalari Janubiy Koreya bosh vaziri Xan Doksuga oʻtadi.