Saida Mirziyoyeva Toshkent planetariysida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva “Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasida Toshkent planetariysida samarqandlik ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bolalar oʻz ijod namunalari bilan oʻrtoqlashishdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

“Koʻngil koʻzi” loyihasi doirasida bugun, 12-dekabr kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkent planetariysida koʻrish qobiliyati cheklangan samarqandlik bolalar bilan gʻayrioddiy kun oʻtkazdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

“Ular orasida ijodkor va chinakam iqtidor egalari shu qadar ko‘pki, bundan benihoya quvondim!” — deya taʼkidladi Mirziyoyeva oʻzining Telegram-kanalida.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

U qoʻshimcha qilishicha, bolalar oʻz ijodlari bilan oʻrtoqlashishdi, soʻngra Dot Pad texnologiyasi yordamida quyosh tizimini “ushlab ko‘rish” imkoniyatiga ega boʻlishdi. Mirziyoyevaning aytishicha, bu ilm-fanning har kim uchun mavjudligini isbotlovchi ajoyib tajriba boʻldi.

Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.