Bu davrda O‘rta er dengizi va Egey dengizidagi kurortlarga sayohatlar mavsumning tugashi sabab turlar bir necha barobar arzonroq bo‘ladi.
Shu bilan birga, Turkiyaning janubiy hududlari yumshoq iqlimi bilan quvontiradi: havo harorati 15-20 darajani tashkil qiladi, bu sayr va ekskursiyalar uchun idealdir. Qish - mahalliy diqqatga sazovor joylarning go‘zalligidan jimgina bahramand bo‘lishni orzu qilganlar uchun eng yaxshi vaqtdir.
Efes — Kichik Osiyoning gʻarbiy sohili Kariya viloyatidagi qadimiy shahar. Efes xarobalari hozirgi Saljuq (Turkiya)dan 10 km narida joylashgan. Osiyo savdo yoʻllarining soʻnggi nuqtasi va diniy markaz sifatidagi ahamiyati (Efes homiysi-Artemida ibodatxonasi dunyoning yetti moʻjizasidan biri) shaharning ravnaq topishiga imkon bergan. Efes milodiy 358 va 365 yillardagi zilzilalardan jabr koʻrgan. Shahar VII asr gacha mavjud boʻlib, soʻng kimsasiz qolgan bu yerlar botqoqlikka aylangan. Efesdan yunon va Rim davriga oid shahar mavzelari, stadionlar, teatr, terma (hammom), shahar darvozalari, vodoprovod, kutubxona binosi, ibodatxonalar va boshqalar xarobalar ochilgan.
Pergamon — Eng diqqatga sazovor inshootlardan biri Zevs majmuasi (miloddan avvalgi 2-asr).
Shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari kutubxona, Demeter ibodatxonasi (miloddan avvalgi III asr), teatr (miloddan avvalgi II asr) va eng ko‘zga ko‘ringan binolardan biri qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Asklepium.
Side — Suv ostiga sayohat qilish juda hayajonli, chunki dengiz o‘zida ko‘plab sir sinoatlarni yashiradi. Ushbu sirlar so‘zsiz o‘ziga jalb qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mana shunday sirli olamga yetaklovchi suv osti muzeylaridan biri Turkiyaning Antalya viloyati Manavgat tumanida joylashgan.
Dengiz tubidagi muzeyni quyidagi usullar bilan tomosha qilishingiz mumkin: Akvalang bilan suv tubiga sho'ng'ish yoki tagi ko’rinuvchan suv osti kemasida dengiz tubiga tushish orqali tomosha qilish mumkin.
Istanbul — shaharda sayohatni Topkapi saroyi, Yerebatan sardoni va Rim Hipodromiga tashrif buyurish, mahalliy restoranlarda ovqatlanish va Aya Sofiya muzeyi, Moviy masjid, Million ustun, Sulton Mahmut maqbarasi hamda Chemberlitosh bilan davom ettirishingiz mumkin. Bo'sh vaqtingiz bo‘lsa katta bozorlarni aylanib hordiq chiqarishingiz mumkin.
Agar siz Turkiyaga qishki sayohatni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, albatta ishonchli turoperatorlarga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.