Yangi yildan Oʻzbekistonda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz soligʻi bekor qilinadi. Bu haqda prezident raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilga moʻljallangan asosiy rejalar yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Eslatib oʻtamiz, mobil aloqa uchun aksiz soligʻini bekor qilish bandi 2025-yilga moʻljallangan budjetnomada qayd etilgan edi. Budjet toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Senat tomonidan 18-dekabr kuni maʼqullandi.
Mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz soligʻi 2019-yilda 15% miqdorida joriy etilgan boʻlib, bir vaqtning oʻzida abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori oyiga 2000 soʻmgacha pasaytirilgan. 2020-yilda u 20 foizga oshirildi.
Shuningdek, 2023-yildan boshlab aksiz soligʻi toʻliq bekor qilinishi aytildi. Biroq bunday boʻlmadi.