“Oʻzbekneftgaz” 2024-yilda tabiiy gaz qazib olish hajmini 9,5 foizga - 29,3 milliard kub metrdan 26,5 milliard kub metrgacha qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanali xabar berdi.
Qazib olish va geologiya-qidiruv loyihalarini moliyalashtirish uchun kompaniya xalqaro moliya bozorlaridan 2 milliard dollar jalb etishni maqsad qilgan. Bu davom etayotgan transformatsiya, xarajatlarni 8 foizga kamaytirish va xalqaro kredit reytingini oshirish tufayli mumkin boʻladi.
Kompaniya boshqaruvi raisi Bahodir Siddiqov “Oʻzbekneftgaz” oldida jiddiy vazifalar, jumladan, jarayonlar samaradorligini oshirish masalasi turganini taʼkidladi. Uning aytishicha, 2025-yilga kelib kompaniya yangi ish formatiga oʻtadi, shuningdek, kadrlar tayyorlash, texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qilish uchun oliy oʻquv yurtlari va xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikni kuchaytiradi.
Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov qoʻshimcha qilishicha, mamlakat ichki ehtiyojlarini qondirish uchun qish mavsumiga 5,1 milliard kub metrdan ortiq gaz zaxirasi toʻplangan.