“Manchester Siti” Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda

Dunyo

20 yoshli himoyachi Abduqodir Husanov “PSJ,” “Atletiko” va “Manchester Siti” kabi Yevropaning yirik klublarining eʼtiborini tortdi. Fransiyaning “Lans” klubi futbolchining bozor qiymati 12 million yevro boʻlsada, undan 30 million yevro evaziga voz kechishga tayyor.

20 yoshli himoyachi Abduqodir Husanov “Manchester Siti,” “PSJ” va “Atletiko” singari klublarning eʼtiborini jalb etdi. Fransiyaning “Lans” klubi yanvar oyida futbolchini 30 million yevroga sotishga rozi.

Husanov oʻtgan yilning yozida Belarus “Energetik-BGU” jamoasidan “Lans”ga oʻtgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta oʻyin oʻtkazdi, biroq samarali harakatlari qayd etilmadi.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi va uning “Lans” bilan shartnomasi 2027-yilning yozigacha amal qiladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.