Toshkentda zamonaviy “Ekobozor”, “Askiya” bozori hududida avtoturargohga ega savdo-xizmat majmuasini qurish bo‘yicha investisiya loyihasi bo‘yicha savdolar yakunlandi, deb xabar beradi E-ausion platformasi.
Ausion 15 daqiqa davom etdi va bitta taklifdan so‘ng yakunlandi. Uni Sheng-Ke International kompaniyasi amalga oshirdi va 225 mlrd 595 mln so‘m taklif qildi — bu boshlang‘ich narxdan 5 foizga ko‘p.
KTYDR ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2024-yil may oyida ro‘yxatdan o‘tgan, ustav fondi 68 mlrd so‘mni tashkil etadi. U ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Kompaniyaning asoschisi — TOO Sheng-Ke International, rahbari — Chen Maysyuan.
Eslatib o‘tamiz, investorga quyidagi talablar qo‘yilgan edi:
maydoni 3 000 kv. metrdan kam bo‘lmagan eko-bozor qurish;
maydoni 1200 kv. metrdan kam bo‘lmagan sovutish omborini qurish;
yerosti avtoturargohining birinchi qavatini (kamida 400 o‘ringa mo‘ljallangan) bepul kompaniya mulkiga o‘tkazish.
Ushbu loyiha hududida velosiped to‘xtash joylari va zamonaviy o‘rindiqlar, Wi-Fi zonalari, aholi uchun dam olish zonalari, nogironlar uchun eskalatorlar va panduslar, yashil zonalar, kecha-yu kunduz tozalikni saqlashni o‘z ichiga olgan yirik savdo majmuasini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yangi bozor yonida 4 yulduzli mehmonxona quriladi.
Loyihani amalga oshirish 150 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish va 1000 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berishi kutilmoqda.