O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida transmilliy uyushgan guruh faoliyati fosh etildi

O‘zbekiston

Qozog‘iston va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari chegara orqali 450 metr uzunlikdagi tunnel qurgan kontrabandachilar tarmog‘ini yo‘q qildi. Ikki oy davomida ular Qozog‘istondan har kuni 5-7 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari olib chiqib, to‘lovlarni O‘zbekistondan olgan. Jinoiy guruhning barcha a’zolari qo‘lga olindi.

Foto: Qozog‘iston Bosh prokuraturasi

O‘zbekiston va Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari transmilliy uyushgan jinoiy guruh faoliyatini fosh qildi, deya xabar berdi Qozog‘iston Bosh prokuraturasi.

Jinoyatchilar Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasi ostida 450 metrlik tunnel qurgan va ikki oy davomida har kuni 5-7 tonna neft mahsulotlari olib chiqilgan. Kontrabanda uchun ular O‘zbekistondan pul olishgan.

Jinoiy guruhning barcha a’zolari ikki mamlakat hududida qo‘lga olindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.