2024-yilda migratsiya qoidalarini buzgan 80 mingdan ortiq migrant Rossiyadan majburan chiqarib yuborildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
2024-yil dekabriga qadar sud qarorlari bilan 80 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyadan majburiy ravishda chiqarib yuborilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. O‘shanda 44,2 mingdan ortiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyadan chiqarib yuborilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Moskva shahri va Moskva viloyatidan 23 ming nafar muhojirlar chiqarib yuborilgan.