Rossiya Federal xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qoʻriqlash sharoitlarini yaxshilash uchun Tyumen viloyatining Qozogʻiston bilan chegaralarini aniqlashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Мега Тюмень”.
Normativ-huquqiy hujjatlar portalida “chegara zonasini optimallashtirish”ga qaratilgan loyiha joylashtirilgan. Hujjatda chegara koordinatalarini belgilash, shuningdek, chegara zonasida odamlarning oʻtishi va transportning harakatlanishi uchun qoidalarni belgilash nazarda tutilgan.
Tyumen viloyati Shimoliy Qozogʻiston viloyati bilan chegaradosh boʻlib, u yerda “Qizil jar” (Qozogʻiston) va “Qozon” (Rossiya) chegara oʻtkazish punktlari mavjud.
Xuddi shunday ish oʻtgan yilning noyabr oyida Qozogʻistonning shimoli bilan chegaradosh Chelyabinsk viloyatida ham amalga oshirildi.