Toshkentda 18 yoshli yigit oʻzini metro poyezdi ostiga tashladi

O‘zbekiston

Toshkent metropolitenining “Olmos” bekatida 18 yoshli yigit oʻzini metro poyezdi tagiga tashladi. Jabrlanuvchi omon qoldi va shifoxonaga yotqizildi.

17-yanvar kuni yerusti metro yoʻnalishida 18 yoshli yigit oʻzini poyezd tagiga tashlagan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, soat 22:40 atrofida “Olmos” bekatida “Turon-Doʻstlik” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan poyezd platformaga yaqinlashayotgan paytda, platformada turgan 2006-yilda tugʻilgan yigit poyezd ostiga sakrab tushdi. Shu payt platformada turgan 2006-yilda tugʻilgan yigitcha tarkib ostiga sakrab tushgan.

Platformada navbatchilik qilayotgan bekat xodimlarining tezkor harakati tufayli jabrlanuvchini vagon ostidan tirik holda chiqarib olishga erishildi. Uni darhol kasalxonaga yetkazishdi.

“Hozirda tergov oldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, — deya taʼkidladi Hayot Shamsutdinov.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.