Pokiston Oʻzbekistonga farmatsevtika sohasini yangi bosqichga koʻtarishda yordam beradi

O‘zbekiston

Pokistonlik farmatsevtika kompaniyasi Oʻzbekistonda yangi investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu farmatsevtika sohasining rivojlanishiga va xorijiy hamkorlar uchun jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

19-yanvar kuni Oʻzbekiston elchisi Alisher Toʻxtayev Pokistonning yetakchi “Getz Pharma” farmatsevtika kompaniyasi rahbari Xolid Mahmud bilan uchrashib, farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish va mamlakatda dori vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Kompaniya rahbari taʼkidlaganidek, respublikada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar biznes yuritish sohasida yangi imkoniyatlar yaratmoqda, bu esa xorijiy investitsiyalar oqimining doimiy ravishda oʻsishiga asos boʻlmoqda.

Uchrashuv davomida ular Oʻzbekistonda farmatsevtika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va shu orqali sohaning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini oshirish uchun xalqaro standartlashtirish tizimlarini, jumladan JSST sertifikatlashtirish tizimini joriy etish va tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarni tashkil etish zarurligini taʼkidladilar. Shu munosabat bilan Pokiston tomoni Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik qilishga va tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Yaratilgan sharoitlar va taqdim etilayotgan imtiyozlardan maksimal darajada foydalanish maqsadida, kompaniya rahbari “Tashkent Pharma Park” klasteri hududida 2029-yilda toʻliq quvvat bilan ishga tushadigan biotexnologik farmatsevtika ishlab chiqarish korxonasini barpo etish loyihasini amalga oshirish boshlangani haqida maʼlumot berdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.