AQSH Senati “Leyken Rayli qonuni”ni maʼqulladi Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Senati “Leyken Rayli qonuni” deb nomlangan qonunni maʼqulladi, u hatto kichik jinoyatlarda ham aniqlangan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilishni nazarda tutadi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
61 senator “yoqlab” ovoz berdi, bu esa qonun loyihasining keyingi muhokamasi uchun zarur boʻlgan cheklovni yengib oʻtishiga imkon berdi. Hujjat kelasi haftadayoq qabul qilinishi mumkin.
Leyken Rayli — 22 yoshli amerikalik talaba. Oʻtgan yilning fevralida unga ertalabki yugurish paytida hujum qilishgan edi. Qizni zoʻrlashga urinib koʻrishgan, keyin boʻgʻib oʻldirishgan. DNK ekspertizasi asosida ushbu jinoyat uchun migrant Xose Ibarre hibsga olindi. Unga umrbod qamoq jazosi tayinlandi.
Vaziyat Ibarraning maqomi tufayli Amerika jamiyatida keng muhokama qilindi. U jinoyat sodir etilishidan ikki yil oldin AQSHda boʻlib, migratsiya sudida sud muhokamasini kutib turgan.