20-yanvardan boshlab Xorazm viloyatidagi Urganch va Qoraqalpogʻistondagi Qoʻngʻirot orasida temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida Joʻqorgʻi Kengesh (parlament) xabar berdi.
Temir yoʻl aloqasi Amudaryo ustidagi yangi koʻprik orqali amalga oshiriladi.
Urganchdan Qoʻngʻirotga poyezdlar soat 6:00 da, qaytish yoʻnalishida esa 13:24 da yurib turadi.