Odam savdosida ayblanayotgan ayol Oʻzbekistonga deportatsiya qilinmoqda

O‘zbekiston

Turkiyadan Oʻzbekistonga odam savdosida ayblanib qidiruvda boʻlgan Oʻgʻilxon Soliyeva deportatsiya qilindi. Jinoyatchi chet eldagi oʻzbekistonlik qizlarning hujjatlarini tortib olib, ularni jinsiy qullikka sotgan.

Turkiyadan Oʻzbekistonga odam savdosida ayblanib qidiruvda boʻlgan Oʻgʻilxon Soliyeva deportatsiya qilindi. Bu haqda Bosh konsulxona maʼlum qildi.

Berilgan maʼlumotlarga koʻra, 34 yoshli ayol chet eldagi oʻzbekistonlik qizlarning hujjatlarini tortib olib, ularni jinsiy qullikka sotgan. Ikki davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari qochoq jinoyatchilarni qoʻlga olish boʻyicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

Jinoyatchining harakatlaridan jabr koʻrganlar Oʻzbekiston konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligi yoxud uning idoraviy boʻlinmalariga murojaat qilishlari soʻraldi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.