IJF 2024-yilning eng yaxshi dzyudochilarini aniqladi

O‘zbekiston

Diyora Keldiyorovaning 2024-yilgi Olimpiadadagi gʻalabasi dzyudo olamida yilning asosiy voqeasi boʻldi. Uning murabbiyi Marko Shpitka ham ayollar jamoalari oʻrtasida eng yaxshi murabbiy unvoniga sazovor boʻldi. Chempionning oʻzi jarohatlardan soʻng tiklanish uchun karerasida tanaffus qilishga qaror qildi.

Foto: Kyodo

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024-yil yakunlarini sarhisob qilib, mavsumning eng yaxshi sportchilarini aniqladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

Parij Olimpiadasida Diyora Keldiyorovaning Utoy Abe ustidan qozongan gʻalabasi dzyudo olamida yilning eng muhim voqeasi sifatida eʼtirof etildi. Uning shaxsiy murabbiyi Marko Shpitka ayollar terma jamoalari orasida eng yaxshi murabbiy unvoniga sazovor boʻldi.

Avvalroq Keldiyorova yilning eng yaxshi dzyudochisi unvoniga daʼvogarlar qatoridan joy olgan edi.

Ayni paytda oʻzbekistonlik Olimpiya chempioni tatamiga qaytishni rejalashtirmayapti — sportchi 2024-yilgi Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish jarayonida olgan jarohatlaridan soʻng tiklanish uchun tanaffusga chiqdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.