Dushanba kuni kunduzi va ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi, deb xabar berdi Oʻzgidromet.
Respublikaning ayrim joylarida kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Havo haroratining asta-sekin koʻtarilishi davom etadi. Haftaning birinchi yarmida tungi soatlarda biroz sovuq saqlanib turadi, kunduzgi havo harorati +8...+11 daraja atrofida boʻladi.
Payshanba va juma kunlari kechasi havo harorati 0...+3, kunduzi +12...+15 darajani tashkil etadi. Shimolda harorat kechasi 0...-5, kunduzi +4...+9 daraja boʻladi.
Toshkentda 3-7-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0...-2, kunduzi +8...+10 daraja boʻladi. 5-7-fevralda kechasi +1...+3, kunduzi +12...+15 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.