Toshkent viloyatidagi turar joy binosida yongʻin sodir boʻldi

O‘zbekiston

Yuqori Chirchiq tumanida xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin zudlik bilan bartaraf etilgan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda yongʻin sodir boʻldi, deya xabar berdi FVB matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 7-fevral kuni “Iyk-Ota” mahallasida sodir boʻlgan. U haqidagi xabar 16:22 da kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yongʻin 20 daqiqadan kamroq vaqt ichida oʻchirilgan.

Hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.