Oʻzbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) superogʻir vazn toifasidagi ambitsiyalari bilan oʻrtoqlashdi, deb yozadi Sports.kz The Ring nashriga tayanib.
Bokschining soʻzlariga koʻra, u faqat chempionlar bilan jang oʻtkazmoqchi. Jalolovning taʼkidlashicha, ikki-uch oy davomida tayyorgarlik koʻrganida Aleksandr Usikka qarshi ringga chiqishga tayyor boʻlardi. Shuningdek, u professional boksda katta muvaffaqiyatlarga erishgan Usik va Entoni Joshua bilan janglarda oʻz kuchini sinab koʻrish istagini bildirgan.
Avvalroq, Jalolovning 6-fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan fransiyalik bokschi David Spilmontga (16-8-1, 11 KO) qarshi jangi oʻzbekistonlik bokschining sogʻligʻi tufayli bekor qilingani haqida xabar berilgandi.