Ekologlar Toshkent shahri va viloyati chegarasida havoning meʼyordan ortiq ifloslanishini qayd etmadi

O‘zbekiston

Ekologiya vazirligi Toshkentning toʻqqizta nuqtasida havo sifatini tahlil qildi va zararli chiqindilar meʼyoridan oshganini qayd etmadi.

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimlari viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bilan chegaradosh Toshkent halqa avtomobil yoʻlining Eshonguzar aholi punktidan Toshkent pediatriya tibbiyot institutigacha boʻlgan hududida 9 ta nuqtada atmosfera havosining ifloslanish darajasi tahlil qilindi.

Tahlil natijalariga koʻra, ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining belgilangan meʼyorlardan oshganligi holatlari aniqlanmadi", — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, tadqiqotlar davomida mavjud issiqxonalar faoliyati ustidan ekologik nazorat olib borildi. Havo ifloslanishi darajasi yuqori boʻlgan hududda umumiy maydoni 318,265 gektar boʻlgan 357 ta issiqxona oʻrganildi.

Ventilyatsiya quvurlaridan foydalanish qoidalarini buzgan 27 ta issiqxona egasiga nisbatan maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi. 33 ta issiqxona egasiga nisbatan faoliyatini toʻxtatish boʻyicha daʼvo arizalari kiritilgan, 166 ta issiqxona egasi chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatmagan taqdirda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.