Oʻzbekistonda onlayn kredit olish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmatlar bozorini rivojlantirish boʻyicha yigʻilishda masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha topshiriq berdi.
Uning taʼkidlashicha, xususiy banklar raqamlashtirishda davlat banklaridan ancha oldinda: 2024-yilda xususiy banklarda onlayn xizmatlardan foydalanuvchilar soni 32 foizga, davlat banklarida esa atigi 13 foizga oshgan.
Davlat rahbari 2025-yil yakunigacha banklarda masofaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish vazifasini qoʻygan edi.
Shuningdek, prezident kadastr, soliq va sud idoralarining maʼlumotlar bazalarini bank tizimlari bilan integratsiya qilishni taklif qildi. Bu onlayn kreditlarni rasmiylashtirish va qarzlarni undirish jarayonini osonlashtirishi kerak.