Sherzod Asadov prezident administratsiyasi shtatlari qisqartirilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat idoralari, jumladan, Prezident administratsiyasida xodimlarning ommaviy qisqartirilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Asadovning taʼkidlashicha, mamlakatda davlat tuzilmalari xodimlari sonini optimallashtirish jarayoni davom etmoqda, biroq uning aniq koʻlami hozircha nomaʼlum.

Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov prezident administratsiyasida (PA) shtatlar qisqartirilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Sherzod Asadovning soʻzlariga koʻra, shtatlarni optimallashtirish barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida - Prezident Administratsiyasidan tortib quyi idoralargacha doimiy jarayon hisoblanadi.

“Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, davlat boshqaruvi tizimi va davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, barcha idoralarda b yudjet mablagʻlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni taʼminlash”, — dedi u.

Matbuot kotibi OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ushbu mavzuga oid maʼlumotlarni tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishlarini soʻradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.