Buxoroda magistral gaz quvurida yirik yongʻin sodir boʻldi

O‘zbekiston

Buxoro viloyatida magistral gaz quvurida yirik yongʻin sodir boʻldi. Energetika vazirligi ushbu holatni bartaraf etish uchun barcha zarur choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi. Gaz quyish shoxobchalari faoliyati cheklanishi mumkin.

10-fevral kuni Buxoro viloyatida “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining 106-kilometrida avariya sodir boʻldi.

Gaz quvurining eng yaqin aholi punkti - Romitan tumani “Qizilrabot” mahallasidan 40 km uzoqlikdagi yer osti qismida gaz sizib chiqdi.

“Olib borilgan tеzkor harakatlar natijasida soat 11:30 muruvatlari yopilib, qoldiq gazlarni chiqib kеtishi kuzatilgan. Hozirda avariya to'liq bartaraf etildi”, — deyiladi xabarda.

Voqea joyiga viloyat FVB xodimlari, tuman FVB boshligʻi hamda yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Dastlab Energetika vazirligi hodisa oqibatlari toʻliq bartaraf etilgunga qadar respublika hududlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga (AGTKSH) vaqtinchalik cheklovlar joriy etilayotgani haqida xabar berdi. Keyinroq xabarning bu qismi oʻchirib tashlandi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.