Shaxmat boʻyicha AQSHning besh karra chempioni Javohir Sindorovdan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng faoliyatini yakunlash haqida oʻylamoqda

O‘zbekiston

Shaxmat boʻyicha AQSHning besh karra chempioni Oʻzbekistonning 19 yoshli vakili Javohir Sindorovga magʻlub boʻlgach, klassik shaxmatdagi faoliyatini yakunlash haqida oʻylamoqda.

Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura Oʻzbekiston vakili Javohir Sindarovdan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng oʻzining YouTube-kanalida klassik shaxmatdagi faoliyatini yakunlash variantini koʻrib chiqayotganini maʼlum qildi.

“Men raqibimning hurmatini joyiga qoʻymoqchiman, ammo bu qiyin, bugun oʻzimga oʻzim yutqazdim. Oxirgi partiya hayratlanarli boʻldi. Hozir shunday holatdamanki, shaxmat oʻynashni xohlash-xohlamasligimni ham bilmayman. Umidsizlikka tushish yoki shunga oʻxshash narsalar haqida oʻylamoqchi emasman, lekin agar bu turnirlar yomon oʻtsa, unda men shunchaki klassik shaxmatdagi faoliyatimni yakunlayman”, — deya taʼkidladi Nakamura.

Shu tariqa, Oʻzbekiston vakili 750 ming dollarlik turnirning yarim finaliga yoʻl oldi va amerikalik shaxmatchini magʻlubiyatga uchratdi.

Tay-breykning birinchi partiyasida Sindarov qora donalarda raqibi ustidan gʻalaba qozondi. Ikkinchi partiyada ham shaxmatchimiz oq donalarda oʻynab, gʻalaba qozondi.

Sindorovga imkoniyatni boy bergan Nakamura Nodirbek Abdusattorov, Gukesh Dommaraju va Alirizo Firuzja bilan 5-8-oʻrinlar uchun kurash olib boradi.

37 yoshli Nakamure Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida 2802 ochko bilan uchinchi oʻrinni egallab turibdi. U AQSH terma jamoasi tarkibida beshta shaxmat olimpiadasi ishtirokchisi boʻlib, u yerda jamoaviy oltin va ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan. Sindarov 2700 ochko bilan reytingning 31-pogʻonasidan joy olgan.

Avvalroq, Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasi raisi lavozimini egallaganini yozgan edik.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.