Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning sobiq turmush oʻrtogʻi Irina Viner badiiy gimnastika boʻyicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Viner 76 yoshda, u 2001-yildan beri milliy terma jamoani boshqargan. Uning shogirdlari orasida koʻpkurash boʻyicha Olimpiya chempionlari Alina Kabayeva, Yevgeniya Kanayeva, Margarita Mamun, Oʻyinlarning kumush medal sovrindorlari Irina Chashina, Dina Averina, Darya Dmitriyeva, Yana Kudryavtseva bor edi. Jamoaviy mashqlarda Viner boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi 2004-yildan 2016-yilgacha ketma-ket toʻrtta Olimpiya oʻyinlarida gʻolib chiqdi, 2021-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan oʻyinlarda Rossiya terma jamoasi kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
U 1948-yil 30-iyulda Samarqand shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan. 2008-yildan 2024-yilgacha Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlagan.
1992-yildan 2022-yilgacha Viner Alisher Usmonov bilan turmush qurgan.