Konstantinos Tasulas Gretsiya prezidenti etib saylandi

O‘zbekiston

Gretsiya parlamentining sobiq raisi Konstantinos Tasulas mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi. Parlamentda ovoz berishning toʻrtinchi bosqichida u 300 ta ovozdan 160 tasini toʻpladi.

Gretsiya parlamentining sobiq raisi Konstantinos Tasulas mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi, deb yozadi TASS.

Tasulas uchun toʻrtinchi turda hukmron partiyadan 160 nafar deputat, shuningdek, bir qator mustaqil nomzodlar ovoz berdi. Yannitsisga 34 nafar, Kaselga 29 nafar, Kiriakuga 14 nafar parlamentariy ovoz bergan.

Ovoz berish nomzodlarni muhokama qilmasdan oʻtkazildi. Parlament aʼzolari faqat maʼlum bir nomzodga ovoz berishlari yoki betaraf qolishlari mumkin edi.

Eslatib oʻtamiz, amaldagi prezident Katerina Sakellaropulaning besh yillik muddati 13-mart kuni tugaydi.

Ovoz berishdan soʻng parlament raisi Nikitas Kaklamanis Tasulas huzuriga borib, unga ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi. Yangi prezidentni qasamyodga keltirish 13-mart kuni boʻlib oʻtadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.