12-martda O‘zbekistonda faqat tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi, sovuq ketadi, iliq va quyoshli ob-havo saqlanib turadi. Prognoz O‘zgidromet tomonidan e’lon qilindi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda harorat 15-23 daraja iliq atrofida saqlanib turadi. Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.