Samarqandda mayning fermasi 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirladi

O‘zbekiston

Samarqandda mayning ferma 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Bosh prokuratura oilaviy korxonaga tegishli mebel sexi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanganini aniqladi.

Samarqandda noqonuniy mayning faoliyati davomida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, “S.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. va mebel sexi ustasi A.N. oʻzboshimchalik bilan sexni elektr tarmogʻiga ulab, mayning bilan shugʻullangan.

Natijada 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan A.I. va A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.