Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida baʼzi joylarda biroz yomgʻir va qor yogʻishi mumkin. Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Yakshanba kuni Oʻzbekistonning aksariyat viloyatlarida qor bilan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyati bundan mustasno.
Juma va shanba kunlari kunduzi havo +7...+10 darajagacha isiydi. Yakshanba kuni kunduzi harorat +3...+6 darajagacha pasayadi. Kechasi asosan 0...+5 daraja iliq boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 16-fevral, yakshanba kuni baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda juma kuni biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 15-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 16-fevralda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, qorga aylanadi.
Juma va shanba kunlari kunduzgi harorat +7...+10 boʻladi. Yakshanba kuni +3...+6 gacha pasayishi kutilmoqda. Kechasi harorat asosan 0...+3 daraja atrofida boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3−8 m/s tezlikda esadi.