Jurnalistika universiteti rektori “Ozodlik radiosi”ning yopilishiga izoh berdi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston jurnalistika universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja “Ozodlik radiosi” va USAID vakolatxonasi oʻz ahamiyatini yoʻqotganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda allaqachon muvaffaqiyatli ishlayotgan va oʻz vazifalarini bajarayotgan mahalliy ommaviy axborot vositalari yetarli.

Oʻzbekiston jurnalistika universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja “Ozodlik radiosi”ning Oʻzbekistondagi xizmati va USAID vakolatxonasi yopilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovdan keyin Sherzodxon Qudratxoʻja Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskning shov-shuvli “Ozodlik” va “Amerika ovozi” radiostansiyalarini yopish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Qudratxoʻja bugungi voqelikda ushbu tashkilotlar faoliyati oʻz dolzarbligini yoʻqotganini taʼkidladi.

“Sovet davrida bunday ommaviy axborot vositalaridan targʻibot uchun foydalanilgan va bugungi kunda ularning zarurligi shubha uygʻotadi”, — deya taʼkidladi rektor.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda allaqachon muvaffaqiyatli ishlayotgan va oʻz vazifalarini bajarayotgan mahalliy ommaviy axborot vositalari yetarli.

Rektor Amerika ommaviy axborot vositalari jamiyatimiz uchun yot boʻlgan qadriyatlarni, xususan, LGBT hamjamiyati mafkurasini targʻib qilayotganidan ham xavotir bildirdi. Shuning uchun u Mask va Trampning bunday turdagi media-resurslar faoliyatini cheklash gʻoyalariga hurmat bilan qaraydi.

Sherzod Qudratxoʻja USAID`ning Oʻzbekistondagi faoliyati haqida ham fikr bildirdi. Xususan, u tashkilot bilan hamkorlikda mamlakatimiz uchun hech qanday muammo koʻrmaydi, biroq Oʻzbekiston mustaqil rivojlanishga tayyor va milliy manfaatlarga muvofiq oʻz resurslari va xalqaro sheriklikka tayanadi.

Avvalroq, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Ilon Maskning “Ozodlik” va “Amerika ovozi” radiostansiyalarini yopish taklifini qoʻllab-quvvatlagani haqida yozgandik.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.