Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi xorijda taʼlim olayotgan har bir talaba uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan teng javobgar boʻladi. Ushbu idoralar oʻquvchilarning ehtiyojlarini aniqlash, ularni vatanga qaytarish, shuningdek, ish topish va muvaffaqiyatli karyera qurishga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi.
Oʻzbekiston prezidenti taʼlim, ayniqsa, xotin-qizlar oʻrtasida taʼlim muhimligini taʼkidladi.
“Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Albatta, bu ezgu gʻoyalarni sizlar — bugungi Yangi Oʻzbekiston yoshlari amalga oshirasizlar”, — dedi davlat rahbari.
Oxirgi 25 yilda 800 nafar talaba davlat hisobidan chet elga oʻqishga yuborilgan. Lekin soʻnggi yetti yilda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan bu raqam 3 barobar koʻpayib, mamlakatimiz yoshlari uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan vijdon erkinligini taʼminlash va diniy siyosatni rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya maʼqullangandi. Hujjat jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilib, unda fuqarolar tomonidan 400 dan ortiq takliflar bildirilgandi. Yakuniy variantga konfessiyalararo muloqot, diniy taʼlim va ayollarning ijtimoiy faolligiga oid oʻzgartirishlar kiritildi.