Oʻzbekistonda mart oyidan boshlab toʻlovlar haqida SMS-xabarnomalar narxi oshadi

O‘zbekiston

Uzcard toʻlovlari haqida SMS-xabarnomalar xizmatini taqdim etuvchi Play Mobile kompaniyasi toʻlovlar narxi ikki barobarga oshganini maʼlum qildi. 5800 raqamli SMS hozircha aholiga 84,2 soʻmga tushmoqda. 1-martdan narx 168,4 soʻmni tashkil etadi.

Foto: Illyustrativ / Ochiq manbalar

1-martdan boshlab Uzcard tizimida toʻlovlar toʻgʻrisida SMS-xabarnomalar narxi ikki baravarga oshiriladi. Bu haqda ushbu xizmatni taqdim etuvchi Play Mobile kompaniyasi saytida maʼlum qilingan.

Shunday qilib, Beeline, Humans, Perfectum, Ucell, Mobiuz va UzMobile operatorlari mijozlari uchun 5800 raqamidan bitta xabar narxi 168,4 soʻmni tashkil etadi (hozirda — 84,2 soʻm).

SMS-xabardor qilish xizmatlarining amaldagi tariflari SMS-trafik hajmi sezilarli darajada 75 foizga oshganiga qaramay, 2019-yildan beri oʻzgarmadi. Bu dasturiy-apparat majmuasiga xizmat koʻrsatish xarajatlarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi.

“Shu bilan birga, yuqori malakali dasturchilarni yollash, ishlab chiqarish infratuzilmasini yangilash, dasturiy taʼminotni doimiy ravishda takomillashtirish va texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uni hamkorlarimiz, ham uyali aloqa operatorlari tizimlari bilan integratsiya qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar oshdi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, kompaniya xizmatlar tannarxiga taʼsir qiluvchi tashqi iqtisodiy omillar sezilarli darajada oshganini maʼlum qildi.

“Soʻnggi yillarda elektr energiyasi narxi 100 foizga, bazaviy hisoblash miqdori 68 foizga, aloqa operatorlari tomonidan undiriladigan bitta SMSning oʻrtacha narxi esa 300 foizga oshdi”, — deyiladi Play Mobile xabarida.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.